«Real» prezidenti Florentino Peres «Tottenxem» hujumchisi Xarri Keynni qo'lga kiritish uchun 450 million evro miqdorida zaxira mablag'i to'plashga tayyor.
Madridliklar 2018 yilda Angliya terma jamoasi sardorini qo'lga kiritishni ko'zlashmoqda. 24 yoshli futbolchi xarid qilinsa, jamoa inqirozdan chiqib ketishiga Peres ishonmoqda.
«Real» Keynning transferi uchun 200 million evro tayyorlamoqda. Shuningdek, yana 250 million evro futbolchining maoshiga sarflanadi. Shuningdek, Keynga mukofot puli ham va'da qilinmoqda.