“Atletik” darvozaboni Kepa Arrisabalaga jamoasi bilan yangi shartnoma imzolaganini tushuntirib berdi.
“Takliflar bo'lganiga qaramay, “Atletik”da qolishni eng yaxshi yo'l deb hisobladim. Bilbaoda faoliyatimni davom ettirayotganimdan xursandman. “Atletik” bu mening uyim. 15 yildan beri “Atletik” bilan birgaman. Mening istaklarimga qarshi chiqmagan klub rahbariyatidan minnatdorman. 1 yanvar kunidan boshlab, boshqa jamoalar bilan muzokarala olib borishim mumkin edi. Lekin “Atletik”dagilar meni yaxshi bilishadi va so'nggi qarorni juda ham ko'p o'ylab qaror qildim”, – dedi Kepa.