Londoning "Chelsi" klubi yarimhimoyachisi Eden Azar otasi Terrining Belgiya OAV bergan intervyusi haqida savolga javob qaytarib o'tdi.
"Men bu haqida otam bilan gaplashdim. U xato gapirdi, men faqat "Chelsi" haqida o'ylayapman, bu yerda baxtliman. Mening shartnomam yana 2 yil davom etadi va men bu yerda baxtliman. Men 10 marta takrorladim, ushbu mavsumni yaxshi kayfiyatda yakunlashni xohlayman, keyin qolganini kuzatamiz..." - deydi futbolchi.