"Manchester Yunayted" qatorasiga ikkinchi marta daromadlar bo'yicha dunyoning eng yaxshi futbol klubi bo'ldi.
Manchesterliklar 2016/17 mavsumda 676 million evro daromad ko'rdi. Bu haqida Deloitte auditorlik kompaniyasi ma'lumotlarida keltirilgan.
"Manchester Yunayted" chempionlar ligasida g'oliblik ortidan 445 million ishlab olgan "Real"ni 1,7 mln evroga ortda qoldirgan, xolos. "Bu manchesterliklarning natijasi uchun hal qiluvchi faktor bo'ldi", - deydi auditor.
Uchinchi o'rinda "Barselona" (648,3 mln evro). Kuchli beshlikka "Bavariya" (587,8 mln evro) va "Manchester Siti" (527,7 mln evro) klublari kirgan.
Shu bilan birga APL klublarining yalpi daromadi o'tgan mavsumga ko'ra 6%ga oshdi va 79 milliard earoni tashkil qildi. Bu rekord natija. Dunyoning eng ko'p daromad olgan 30 klubi ichida APLning 10 klub bor.
Deloitte chamasiga ko'ra, kelasi yilda APL klublarining daromadi 8 milliard evrodan ortadi.