"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe EChL 1/8 finali doirasida "Real"ga qarshi uchrashuvlarda ishtirok etishi muikin, deya xabar beradi AS.
Manbaga ko'ra, bu haqida "PSJ" vakillari ma'lum qilgan. Parijliklarning fikricha, Mbappe "Real"ga qarshi o'yinlargacha sog'ayishi mumkin.
Mbappe belidan jarohat olgan bo'lib, dastlabki tarqalgan xabarlarga ko'ra ikki oyga safdan chiqqan edi. Futbolchi jarohatini 22-turda "Lion"ga qarshi o'yinda olgan (1:2).
"Real" - "PSJ" o'rtasida birinchi o'yin 14 fevral kuni Madridda bo'ladi, javob uchrashuvi 6 mart kuniga belgilangan.