"Yuventus" hujumchisi Gonsalo Iguain EChl finalida "Real" bilan uchrashuv oldidan fikr bildirar ekan, 2014 va 2016 yillardagi finalda gol urgan madridliklar himoyachisi Serxio Ramosning gol urmasligiga umid qilyapti.
"Umid qilamanki, Ramos 90-daqiqada gol urmaydi. Biz u bilan, uning oilasi bilan yaxshi munosabatdamiz, hozirgacha xabarlashib turamiz. Men avval "Real"da o'ynaganim intiriga qo'shmoqda, shuning uchun "Yuventus" bilan EChL g'olibligini qanchalik xohlashimni bildira olmayman", - deydi Iguain.