"Atletik" darvozaboni Kepa Arrisabalaga klub bilan shartnomasini uzaytirgani yuzasidan fikr bildirdi.
Yangi shartnomaga ko'ra, Kepa 2025 yilgacha "Atletik"da o'ynaydi.
"Juda baxtiyorman, o'z uyimday bo'lib qolgan klubda o'ynayotganimdan mamnunman. Men 15 yildan buyon "Atletik"daman bu men uchun juda muhim vaziyat. Uzoq davom etgan muzokaralardan so'ng hammasi yaxshi tugadi. Bosim o'tkazmagani uchun klubdan minnatdorman. Boshqa klublardan takliflarga qaramay, "Atletik"da qolishni ma'qul ko'rdim", - deydi Arrisabalaga.
Avvalroq, ispan matbuoti Arrisabalagaga "Real" qiziqayotganini xabar qilgan edi.