Portugaliyalik futbolchi klubdan norozi.
AS nashrinig xabariga ko'ra Madridning "Real" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoadan shartnomasini yaxshilangan varianti amalga oshirilmayotganidan norozi. Hozirgi kunda Ronaldu 21 mln yevro maosh oladi, vaxolanki futbolchi Messi bilan bir xil maosh olishni xohlamoqda (50 mln yevro).
Kardiffda o'tkazilgan finaldan so'ng Florentino Peres Krish bilan suhbatda unga: "Bizda senga yangi shartnomada ko'rsatilgan mablag'ni to'lashga pul yo'q" - deb aytib o'tadi.
Ronalduning yana bir noroziligi sabab Ispaniya Superkubogida futbolchi bosh hakam Rikardo de Burgos Bengoecha tomonidan ko'rsatilgan kartochka sabab 4 ta o'yinga chetlatilganida klub uni qo'llab-quvvatlamaganlikda aybladi.
Shuningdek, 7-raqam sohibi qishgi transferlarda do'stlari Pepe va Koentrau, shuningdek, Xames va Moratalarni sotib yuborilishidan norozi bo'ldi.