Ispaniya chempionatining 20-turida "Deportivo" bilan uchrashuv oldidan stadion tunnelida "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu va yosh futbolchi o'rtasida hazil ohangida qiziqarli suhbat bo'lib o'tdi.
Marca xabariga ko'ra, futbolchi bolalardan biri Ronalduga shunday dedi: "Men uchun eng zo'r futbolchi - sensan. Messi esa..." Ronaldu esa bolaning fikrini hazil ohangida davom ettirib qo'ya qoldi: "...Messi esa - yomon futbolchi".
Suhbatga bolalardan yana biri qo'shildi va Messini dunyodagi eng zaif futbolchi deb atadi.
Uchrashuvda "Real" "Deportivo" 7:1 hisobida mag'lub etdi, Ronaldu "dubl"ga erishdi.