"Real" yarimhimoyachisi Garet Beyl Ispaniya chempionatining 20-turida "Deportivo" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (7:1) fikrlarini bildirdi.
"Yana bu saviyada o'ynay boshlaganimdan xursandman va rivojlanishda davom etaman. Men o'ynashni va g'alaba qozonishni istayman. O'zimni yaxshi his qilyapman, ammo hali 100 foiz tayyormasman. Qadamma qadam, imkonim daraasida kuchayib boraman.
Biz mayda qadamlar bilan bo'lsa ham qaytamiz. Kelgusi o'yinlarda ham ishlashimiz va g'alaba qozonishimiz kerak. Krishtianu bilan birga o'ynashdan va gollar urishdan baxtiyorman.
Chempionlik uchun imkoniyat? Hech qachon taslim bo'lmaganmiz. Qiyin bo'lishini bilamiz. Keyingi o'yinlarda ishonchga ega bo'lishimiz kerak", - deydi Beyl.