"Real" yarimhimoyachisi Karlos Kazemiro Ispaniya chempionatining 20-turida "Deportivo" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (7:1) fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Nihoyat gollar ura boshladik, hammasi iziga tushdi. Biz a'lo o'yin o'tkazdik va juda baxtiyormiz. Jamoa sifatida juda yaxshi ko'rindik.
Oldinda o'yinlar ko'p. "Barselona"dan ancha ortda qolayotganimizni bilamiz, ammo o'zimizga ishonishda davom etamiz. Madrid bizdan La liga chempionligini talab qilayotganini ham bilamiz", - deydi Kazemiro.
"Real" 35 ochko bilan 4-o'rinda bormoqda va bir o'yin kam o'tkazgan holda peshqadam "Barselona"dan 19 ochko ortda qolmoqda.