“Atletik” darvozaboni Kepa Arrisabalaga bu yil qishda “Real”ga o'tmaydigan bo'ldi. 23 yoshli darvozabon Bilbao jamoasi bilan yangi shartnomaga imzo chekadi.
Ma'lumotlarga ko'ra, “Atletik” yaqinda xavbek Inyaki Uilyams bilan yangi shartnoma imzoladi, shuningdek, Kepa bilan ham yangi shartnoma imzolanadi.
Kepaning “Real”ga o'tmay qolishiga uning jarohati ham sabab bo'lishi mumkin, deyiladi xabarda.
“Atletik” yosh darvozabonga yaxshigina maosh to'lash bilan yangi bitim taklif etadi. Shuningdek, uning tovon puli 80 million evroga ko'tarilishi mumkin.