Madridning “Real” klubi hujumchisi Garet Beyl “Deportivo”ga qarshi uchrashuvdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
“O'ylaymanki, biz to'g'ri yo'ldamiz. Har bir o'yinda o'zimizga bo'lgan ishonchni qaytarishda davoya etyapmiz. G'alabalar yo'lida davom etishimiz kerak. Bilmayman, chempionat qanday yakunlanadi. Lekin vaziyatga to'g'ri baho bera olishimiz lozim. Nima bo'lgan taqdirda ham “Real” kurashdan chetga chiqib qolmaydi”, - dedi Beyl.