“Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Deportivo”ga qarshi uchrashuv (7:1) yuzidan biroz jarohat oldi.
Portugaliyalik futbolchi o'zining ikkinchi golini urgan vaziyatda, raqib himoyachisi Fabian Sher Ronalduning yuziga zarba berdi.
Shundan so'ng, Krishtianuni maydondan olib chiqib ketishdi. Ronaldu shu holatda tezlik bilan doktordan smartfonini olib, o'zining jarohati qanchalik og'ir ekanini tekshirdi.