"Yuventus" hujumchisi Gonsalo Iguain EChL finali oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bizning vaqtimiz kelganligi haqidagi fikrlarga qo'shilaman. Biz buning ustida ishladik. Umid qilamanki, mehnatlarimiz samarasi g'alaba bilan mukofotlanadi.
Biz kerakli yuklamalar bilan shug'ullanayapmiz, shuning uchun mavsumni chempionlar ligasidagi g'alaba bilan tugatmoqchimiz. Bu o'ta yoqimli hodisa bo'lar edi.
Qiyin o'yin bo'lishini kutyapman. "Real" bunday o'yinlarga ko'nikkan. U erda 7 yilimni o'tkazganman va bu juda yaxshiligini bilaman, ammo biz "Yuventus"ga uzoq kutilgan sovrinni olib bermoqchimiz.
Finalda gol urish? Umid qilamanki, g'alaba qozonamiz. Bunda kim gol urishining ahamiyati yo'q. Menbu erga g'alaba qozonish uchun kelganman. Biz yaxshi ketyapmiz, ikkita musobaqada g'olib chiqdik, uchinchisini ham qo'lga kiritishga umid qilamiz", - deydi Iguain.