“Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Deportivo”ga qarshi uchrashuv (7:1) da bosh qismidan jarohat oldi.
Vaziyat shunday sodir bo'ldi: Ronaldu oltinchi gol urgan vaziyatda raqib himoyachisi Fabian Sherdan yuziga zarba qabul qildi.
32 yoshli forvard shundan so'ng yuzidan qon chiqishi sabab maydonni tark etishga majbur bo'ldi va o'yinni oxirigacha yakunlay olmadi.