“Real” klubi hujumchisi Garet Beyl “Deportivo”ga qarshi uchrashuv (7:1) da dubl muallifiga aylandi.
Ushbu gol 28 yoshli futbolchi uchun joriy mavsum La ligadagi 8 uchrashuvda kiritilgan 6-gol bo'ldi.
Gap shundaki, Beyl gol urish bo'yicha Krishtianu Ronaldu (14 ta o'yin 6 gol) bilan tenglashib oldi. Bundan tashqari, Beyl Ronaldudan umumiy hisob bo'yicha 678 daqiqa kam o'ynagan.
Shuningdek, Beyl “Deportivo”ga qarshi 6 uchrashuvda 8 ta gol urdi.