Avval xabar berilganidek, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov ayni paytda Ispaniya poytaxti Madrid shahrida bo'lib turibdi.
Umid Ahmadjonov “Real” jamoasi prezidenti Florentina Peresning taklifiga ko'ra La liganing 20-turidan o'rin olgan "Real" - "Deportivo" uchrashuvini bevosita "Santyago Bernabeu" stadionida tomosha qildi.
Umid Ahmadjonov "Real" Madrid klubi prezidenti Florentino Peres, jamoa Bosh direktori Xose Anxel Sanches, klubning Tashqi aloqalar bo'limi direktori Emilo Butrageno, "Stellar group" agentlik kompaniyasining Ispaniya va Portugaliya bo'limi prezidenti Luis Alonso bilan ko'rishdi.
Uchrashuv davomida o'zbek futboliga Ispaniyadan kuchli mutaxassislar jalb qilish, "Real Madrid" akademiyasi filialini Toshkentda ochish, bolalar murabbiylari malakasini oshirish uchun turli seminarlar tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.