“Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoadoshi Garet Beylning birinchi goli urilgan vaqtda hakamdan “Deportivo” darvozasiga penalti belgilash kerakligini so'ragan.
Marseloning uzatmasidan so'ng Ronaldu raqib himoyachisi bilan havoda to'qnashib ketadi va maydonga yiqilib tushgandan so'ng hakamga yuzlanadi. Bu vaziyatda to'p allaqachon Beylning oyog'iga kelib tushgandi va u “Deportivo” darvozasining o'tkir burchakini nishonga olishga ulgurgandi.
Qiziqarlisi, hatto, to'p darvozaga kiritilib bo'lgandan keyin ham Ronaldu hakamdan penalti belgilashni so'rashda davom etgan.
“Real” – “Deportivo” uchrashuvini David Fernandes Borbalan boshqarib bordi.