Madridning “Real” klubi markaziy himochi Xesus Valexoning “Leganes”ga qarshi uchrashuv (1:0) da o'ng oyog'idan jarohat olganini tasdiqladi.
Taxminlarga ko'ra, 21 yoshli futbolchi 4 yoki 6 haftagacha maydonga tusha olmaydi.
Shunday qilib, Valexo 14 fevral kuni PSJga qarshi uchrashuvda ham “Real”ga yordam bera olmasligi mumkin.