O'z vaqtida “Real”, “Anji” va “Lokomotiv” klublarida o'ynagan Lassana Diarra tez orada “PSJ” safini to'ldiradi.
Manbalarga qaraganda, 32 yoshli futbolchi Parij klubi bilan shartnoma borasida kelishib olgan. U yaqin orada “PSJ” bilan rasman shartnoma imzolaydi.