"Real" prezidenti Florentino Peres mavsum yakunida jamoa hujumchisi Krishtianu Ronalduni boshqa klubga qo'yib yuborishga rozi bo'ldi.
2021 yilgacha tuzilgan amaldagi shartnoma bandiga ko'ra, portugaliyalik futbolchi uchun to'lanadigan tovon puli 1 milliard evro qilib belgilangan. Shu tariqa, tomonlar kelishib olishlari kerak.
Ronaldu "PSJ", "Tyantszin Tsyuantszyan" va "MYu" klublari sotib olishga tayyorlar. Manchesterliklar Aleksis Sanches transferidan qat'iy nazar o'zining sobliq futbolchisini qaytarishga tayyorlar
Avvalroq, Ronalduning transferi "MYu"ga maosh va agent haqiniqo'shib hisoblaganda 400 million evroga tushishi aytilgan edi.