Madridning “Real” klubi xodimlari markaziy himoyachi izlash ishlarini boshlab yuborishdi.
“Qirollik klubi” jamoaning avvalgi markaziy himoyachisi Pepening Turkiyaga jo'nab ketganidan so'ng, yangi himoyachi xizmatlariga muhtoj bo'lib qolishgan.
“Real” avvalroq Xesus Valexoni ijaradan qaytargandi, ammo uning tinimsiz jarohatlari rahbarlarni bezovta qilmoqda. Bundan tashqari, Rafael Varan tizzasidagi jarohati sabab kamida uchta o'yinni o'tkazib yuboradi.
Ma'lumotlarga ko'ra, “Real” skautlari ayni vaqtda Ispaniyaning o'zidan arzonroq markaziy himoyachi izlashmoqda.