"Real Madrid" "Tottenhem" hujumchisi Xarri Keynni sotib olishni niyat qildi.
Mavsum yakuniga yetgach madridliklar Keyn uchun 200 mln funt (226 mln yevro) to'lashga tayyor. "Shpor"lar prezidenti Deniel Levi esa nafaqat Keyn boshqa muhim futbolchilarni ham tarkibda saqlab qolmoqchi. Hozircha futbolchi bilan yangi shartnoma borasida muzokara boshlanmadi.
Angliyalik hujumchining "Tottenhem" bilan amaldagi shartnomasi 2022-yilgacha mo'ljallangan.