«Kadis» klubining yoshlar jamoasi yarim himoyachisi Fran Rivera o'z faoliyatini «Real»da davom ettiradi. Bu haqda Marca nashri xabar qilmoqda.
Madridliklar iqtidorli futbolchini qo'lga kiritishda «Barselona» va «Arsenal» klublarini ortda qoldirganlar.
17 yoshli Rivera bilan shuningdek, «Sevilya», «Betis» va «Malaga» jamoalari ham qiziqayotgan edi. Rivera 2010 yildan keyin «Kadis» yoshlar jamoasini tark etgan ilk futbolchiga aylanadi. Sakkiz yil oldin jamoani Suso tark etgan va «Liverpul»ga o'tgandi.
O'shanda, «Kadis» Susoning transferidan 60 ming evro ishlab olgandi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining ayni damdagi narxi 25 mln evroga teng.