Angliyaning “Liverpul” klubi “Real” yarim himoyachisi Marko Asensio xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Xabarlarga ko'ra, “qizillar” 21 yoshli futbolchi uchun 150 millio evro tayyorlab qo'yishgan. “Liverpul”dagilar hozirda Asensioning Madrid klubidagi holatini o'rganib borishmoqda: ispaniyalik futbolchi o'z iqtidoriga yarasha etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmayapti va bu holatdan tabiiyki norozilik bildirishni davom etmoqdp.
Ammo “qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres Asensio bilan har qancha pulga bo'lsada xayrlashmoqchi emas. Chunki “Real” Asensio iqtidorini yuqori baholab, undan kelajakda foydalanishni rejalashtirgan.