"Real Madrid" himoyachisi Daniel Karvaxal rasmiy sayt xodimlariga intervyu berib o'tdi.
Xis-tuyg'ular haqida:
"Bolalik paytimda stadionga borardim va Chempionlar Ligasi madhiyasini eshitardim. Va o'yladim bu sohani tanlasam shu cho'qqigacha chiqishim kerak. Har bir o'tkazgan uchrashuvlarim uchun "Real Madrid"ga rahmat aytaman. Men "Real Madrid" tarbiyalanuvchisiman. Umid qilamanki, men bu yerda yana ko'p yillar to'p suraman."
Decima haqida:
"Bu yevropacha sehrli tun bo'lgan edi. 10-kubokni Lissabonda Serhioning goli evaziga qo'lga kiritdik. Ramos gol kiritgan payti aqldan ozish mumkin edi. Bu golni nishonlash uchun burchak tomon, muxlislar orasiga intildik. O'sha paytda men tushindimki yakun bizning qo'limizda edi."