Kunlar sovuqlashgani sayin “Qirollik” klubi osmonida qora bulutlar mustahkam o’rnashib bormoqda. Bu bulutlar shu darajalik o’rnashganki, aslo tarqatib bo’lmayabdi. Go’yoki butun borlik, butun tabiat klubga qarshi chiqishmoqda. Toma-toma ko’l bo’lur deganlaridek, muammolarning ildiz otishi borgan sari jadallashmoqda. Xozirgi kunda ko’pchilikning diqqat e’tibori Real Madridning parokandali yurishi, bosh murabbiy Zinedin Zidanning kursidan qachon yiqilib tushishi turibdi desam yanglishmagan bo’laman. Maktabdan tortib universitetgacha, ishxonadan tortib ulfatlar dafrasigacha ham klub kun tartibiga ko’ndalang qo’yilgan. Xattoki bog’chalarda ko’cha ko’rgan bolakaylar ham bir-birlariga qarab endi nima bo’ladi deb yurishibdi. Ketma-ket mazmunsiz o’yinlar, achko yo’qotishlar muxlislar sabr kosasini to’ldirib yuborgani aniq. “Real Madrid” klubi tarixdan ma’lumki natijalarni oliy o’ringa qo’yib kelgan. Sovrinlar kelib turibdimi, o’yinlar yahshimi bilgingki sendan yahshisi yo’q. Agar taqdir charxpalagi teskari ravishda harakatlansa, muxlislarning ko’rishga ko’zi, otishga o’qi yo’q. Xox u jamoa afsonasi bo’lsin, xox u ketma-ket 2 bor chempionlar ligasini olib bergan Zinedin Zidan bo’lsin. 2016-yil 4 yanvarda klub ruliga o’tirgan fransiyalik mutaxassizni qoida buzishlari ko’payib borishi achinarli holat hisoblanadi. Ko’p 01 ga tushib, klub rulini boshqarmasligi tobora oydinlashib bormoqda. Xozirdan kelajakni o’ylab, Zinedin Zidandan keyin kim kelishi haqida bafurja suhbatlashsak bo’ladi. Ertami, indin u ketadi. Sizlar bilan kelajakda Real Madridni boshqarishi mumkin bo’lgan kuchli murabbiylar haqida to’xtalib o’tamiz.