"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino "Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduni klubga qaytarish g'oyasini ma'qullamoqda.
Manchesterliklarning hisob-kitobiga ko'ra, 32 yoshli portugaliyalikning qaytishi (maoshni qo'shib hisoblaganda) 400 million evroga tushishi mumkin. Transferning o'zi 200 million evroga chamalanmoqda.
Ronalduning 2021 yilgacha tuzilgan shartnomasi bandiga ko'ra, uning uchun to'lanadigan tovon puli 1 milliard evro qilib belgilangan.
Avalroq Ronalduga "PSJ" va xitoyning "Tyantszin Tsyuantszyan" klublari qiziqayotgani xabar qilingan edi.