«Betis» yarim himoyachisi Fabian Ruisga «Real» va «Barselona» klublari qiziqish bildirishmoqda.
Ispaniyaning etakchi klublari o'tgan yilning yozida Dani Sebalos uchun ham o'zaro kurash olib borishgandi va unda madridliklar ustun kelishgandi.
Andalusiyaliklar 21 yoshli futbolchi bilan yangi shartnoma imzolab, uning tovon pulini 15 million evrodan 40 million evroga ko'tarishmoqchi, ammo futbolchining vakillari tovon puli 25-30 million evro atrofida bo'lishini istashmoqda.