Madridning “Real” klubi sobiq prezidenti Ramon Kalderon “qirollik klubi” PSJ hujumchisi Neymarni sotib olish haqidagi xabarlarga o'z munosabatini bildirib o'tdi.
“Neymarning sotib olinishi xursand bo'llaring degani emas. Uning “Real”ga o'tishini jamoadagi hamma taxmin qilib yurgan. Lekin ular bir narsani tushunishlari kerak, Neymarni sotib olish uchun shuncha tovon pulini qayerdan olish mumkin?
Albatta, kuchdan qolayotgan Ronalduga bosim o'tkazish orqali. Menimcha, bu Peresning navbatdagi rejasi bo'lishi mumkin, chunki Ronalduning g'ururi baland. Florentino uni jamoadan ketishga majbur qilyapti va Krishtianudan tushgan tovon puliga Neymarni sotib olmoqchi. Bu taxminim hali amalga oshadi buni ko'rasizlar”, - deydi Kalderon.