Myunxening “Bavariya” klubi yarim himoyachisi Xames Rodriges EChLda bo'lib o'tadigan “Real” va PSJ uchrashuvi haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
“Real” hozircha omadsiz seriyani boshdan kechiryapti, lekin mavsum hali uzun. Ishonaman, hali xammasi yaxshi bo'lib ketadi. Menimcha, “Real” PSJni EChLdan chiqarib yuboradi.
To'g'ri parijliklar bilan o'ynash qiyin bo'lishi mumkin. Ammo “Real” EChLda yanada xavfliroq bo'lishini inobatga olish lozim.
EChL finalida “Real” va “Bavariya” to'qnash kelishini juda xohlardim”, - deydi Xames.
Eslatib o'tamiz, Rodrigez “Bavariya”da ijara asosida o'ynamoqda.
Ma'lumot uchun, “Real” - PSJ o'yini 14 fevral kuni bo'lib o'tadi. Javob uchrashuvi esa Parijda 6 mart kuni o'tkaziladi.