Madridning "Real" klubi yozda jamoaning butunlay hujum chizig'ini kuchaytirmoqchi.
Marca nashrining xabariga ko'ra "qaymoqrang"lilar prezidenti Florentino Peres jamoaning hujum chizig'idan qoniqish hosil qilmayapdi. Prezidentning ta'kidlashicha jamoada yangi lider Neymar bo'ladi, "Qirollik klubi" u uchun 500 mln yevro ajratib qo'ygan.
Yana bir potensial yangi futbolchi balki Eden Azar bo'lishi mumkin. Azar va Zidan o'rtasida yaxshi munosabatlar mavjud. Shu sababli belgiyalik futbolchi "Chelsi" bilan shartnomani uzaytirganicha yo'q.
Markaziy hujumchi ro'lida esa "Bavariya" forvardi Robert Lewandowski bo'lishi mumkin. Polyak "Real"da Karim Benzemaning o'rnini egallashi kutilmoqda.