Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Florentino Peresni va'dalaridan charchagani haqida ma'lum qildi. Shuningdek, portugaliyalik futbolchi uchun birinchi o'rinda pul turmasligini ham aytdi.
“Har doim ertaga-ertaga deyishadi. Pulni birinchi o'ringa qo'ymayman. Men uchun birinchi joyda obru-e'tibor turadi, pul esa keyingi o'rinlarda”, - deydi Ronaldu.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu raqobatchilari Neymar va Messidan kam maosh olishi yoqmayotgani haqida “Real” prezidentiga arz qilib, “Oltin to'p” marosimidan so'ng maoshini yiliga 40 mln evroga ko'tarishlarini ta'lab qilgan.