Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Krishtianu Ronalduning ketishi haqidagi yangiliklarga munosabatini bildirdi.
“Bezovta bo'layotganim yo'q. Ronalduni tashqaridan istagan kishi tanqid qilishi mumkin, aslida esa Krishtianu faqat “Real” haqida o'ylaydi. Shu o'rinda men ham faqat futbol haqida gapirishni istagan bo'lardim. Krish bizga faqat maydonda yordam beradi.
“Real”ni Krishtianusiz tasavvur qila olmayman. “Real” Ronalduning jamoasi hisoblanadi. Klub, muxlislar – hamma uni birdek yaxshi ko'radi. Doim bir so'zni aytaman “Ronalduni Madriddan boshqa jamoada ko'ra olmayman”. Krishtianu jamoaning og'ir vaziyatida shu erda, yordamini ayamayapti.
Uning shartnomasi haqida gapirishni istamayman. U – buyuk futbolchi. Shartnoma haqida faqat rahbariyat bilan muzokara olib borish kerak. Men faqat uning maydondagi harakatlariga javob beraman. Qolgani esa qiziqtirmaydi”, – deydi Zidan.