"Yuventus" yarimhimoyachisi Miralem Pyanich 3-iyun final oldidan Turin nashrlariga intervyu berib o'tdi.
"Qachonki sen finalda to'p sursang, bilginki seni kuchli raqibga qarshi jang kutadi. "Real" ajoyib mavsum o'tkazdi va amaldagi chempion. Ular bir yil oldin musobaqani yutdi, shuning uchun biz bunday jamoalarga qarshi, bunday turnirda va bunday finalda to'p surishimiz zarur. Oldinda bizni maydonning har bir qarich yeri uchun jiddiy kurash kutmoqda. Balki finalga eng yaxshi tayyorgarlik ko'rilishi mumkindir, ammo finalda kuchlilar g'alaba qozonadi. Hotirjamlikni saqlab qolishi kerak. Finalni kichik bir detallar hal qilishi mumkin. Biz o'zimizga ishonamiz va sovrinni uyga olib ketmoqchimiz. Bu "Real"mi yoki boshqa jamoa, qaysi klub bo'lishidan qat'iy nazar zaif nuqtasi bo'ladi." - deydi Pyanich.