«Real» klubi sobiq prezidenti Ramon Kalderon madridliklar hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan bog'liq vaziyat yuzasidan o'z fikrini bildirib o'tdi. Mish-mishlarga qaraganda, Florentino Peres portugaliyalik futbolchidan voz kechib, jamoaga Neymarni olib kelmoqchi.
«Jamoa Ronalduga bosim o'tkazmoqda va uni boshqa jamoaga o'tishga majbur qilmoqchi. Ishonchim komil, Peres maxsus reja ishlab chiqib, Ronalduning «Real»ni etishiga erishmoqchi. U Krishtianuni sotib, uning o'rniga Neymarni sotib olishni ko'zlamoqda», - dedi Kalderon.