"Real" klubi va Portugaliya terma jamoasining hujumchisi Krishtianu Ronalduning opasi Kati Aveyru futbolchini qo'llab-quvvatlagan holda unga ochiq xat bitdi.
"Senga aytmoqchi bo'lganim, shular, Krishtianu.
Sen ko'zlari yoshga va orzularga to'la 12 yoshingda Lissabonga kelganingda, ular seni Madeyradan kelgan navbatdagi oddiy bola deb o'yladilar. Besh yildan kamroq vaqt ichida "Sporting" jamoasining asosiy tarkib futbolchisiga aylanding.
Sen asosiy tarkibda birinchi o'yinlaringni o'tkazganingda, ular seni navbatdagi o'zini o'ylaydigan texnik deb o'yladilar. Bir necha oydan so'ng "Manchester Yunayted"ga yo'l olding.
Angliyaga o'tganingda, ular seni bor-yo'g'i istiqbolli o'yinchi deb o'yladilar. Olti mavsumda 118ta gol urding.
Seni "Real" sotib olganida, ular seni futbolka sotishda foydalanish uchun nom deb atadilar. 2009 yildan boshlab 418 ta o'yinda 422 ta gol urding va klubning deyarli barcha rekordlarini o'rnatding.
2008 yilda birinchi "Oltin to'p"ni qo'lga kiritganingda, ular "shu bilan bo'ldi" dedilar. Ammo sen yana to'rt marta yutding.
Portugaliya termasi sardori bo'lganingda, ular seni navbatdagi xarizmasiz va etakchilik ruhi yo'q oddiy sardor deb atadilar. 2016 yilda Evropa chempionati kubogini boshi uzra ko'targan birinchi portugaliyalik bo'lding.
Hozir esa, o'zga sayyoralik kabi ikki-uch o'yinda gol urolmasang, ular seni faoliyatini yakunlashga yaqin qolgan navbatdagi o'yinchi deb atamoqdalar. Tashvishlanma. Eyfel minorasida sovriningni qo'lda tutib, jilmaysang, yoki navbatdagi hal qiluvchi golni ursang, yoki navbatdagi rekordni o'rnatsang, ularning diqqatini jalb qilasan, va albatta qarsak chalishga majbur qilasan.
Bechora odamlar. Ularda bori shu", - deb yozadi Kati Instagramda.