"Qirollik klubi" portugaliyalik futbolchi bilan shartnoma uzaytirishga shoshilmayapdi.
Madridning "Real" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu bir oy oldin 5-"Oltin to'p"ni qo'lga kiritganidan so'ng jamoa bilan yangi shartnoma uzaytirilishi ko'zda tutilgan edi. Yangi shartnomaga ko'ra esa futbolchi Neymar va Lionel Messi bilan teng maosh olishi kerakligi ko'rsatilgan.
Ammo "qaymoqranglilar" rahbalari hozirda jamoadagi chigal vaziyatdan kelib chiqib yangi shartnoma imzolaydigan payt emasligini ma'lum qilishgan. Buning o'rniga jamoa kelajakda yangi rejalar bunyod qilishni reja qilgan. Bu rejalarda esa Ronaldu bor yoki yo'qligini ma'lum qilishi kerakligini birinchi "plan"ga qo'yildi. Yaqin vaqtlar Ronalduning "Madrid" qolishi yoki ketishi aniq bo'lishi kutilmoqda.