"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu klub prezidenti Florentino Peresdan va'dasini baarmayotganida xafa. Peres 2016/17 yilgi mavsum tugaganidan futbolchiga yangi shartnoma va'da qilgan
32 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2021 yilgacha tuzilgan.
Mundo Deportivo ma'lumotiga ko'ra, portugaliyalik futbolchi o'z maslahatchilariga "Barselona" bilan Lionel Messining va Neymarning "PSJ" bilan yangi shartnomalarini o'rganib chiqishni topshirgan. Argentinalik futbolchining maoshi soliqlar va bonuslardan tashqari 40 million evro, braziliyalikning maoshi esa - 30 million evroni tashkil qiladi. Ronalduning maoshi 21 million evro.
"Ular doim "ertaga, ertaga" deyishadi. Bunda (yangi shartnoma) gap pulda emas, obro'da. Endi boshqa yulduzlar bilan farq katta bo'lib ketdi", - deya futbolchining so'zlarini keltiradi nashr, uning yaqinlariga tayanib.
16 yanvar kuni Record.pt nashri Peres Ronalduga o'zi uchun boshqa klub topishni aytganini e'lon qildi. Yana bir xabarda Ronaldu o'zi 2003 dan 2009 yilgacha to'p surgan "Manchester Yunayted"ga qaytishi mumkinli aytilgan.