Braziliyaning afsonaviy hujumchisi Ronaldo nega «Real» klubini tark etgani haqida gapirdi.
«Men «Real»dan ketmoqchi emasdim. Ammo bosh murabbiy Fabio Kapello bilan muammo yuz bergandi. Agar vaznim 100 gramm ortiqcha bo'lsa, u meni zaxiraga o'tqazib qo'yardi.
Murabbiy sifatidagi bu ishini tushunib turardim, ammo ortiqcha 100-200 gramm futbolda hech qanday ahamiyat kasb etmaydi. Shunchaki, Kapello mening o'yinim va jamoa g'alabalariga qo'shgan hissamga e'tibor bermasdi» - dedi Ronaldo AS xabarida.
Eslatib o'tamiz, Ronaldo «Real» tarkibida 2002-2007 yillar davomida o'ynagan, Kapello esa jamoani 2006-2007 yillarda boshqargan.