Madridning "Real" klubi hujumchisi Karim Benzema mashg'ulotlarda faol ishtirok etmoqda. Marca nashrining xabariga ko'ra Benzema Qirol kubogi 1/4 final uchrashuvi doirasida "Leganes"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Karim "Barselona"ga qarshi 17-tur doirasidagi uchrashuvda o'ng oyoq sonidan jarohat olgan edi.