"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu madridliklar safini tark etishi mumkin.
Portugaliyaning Diario Record nashrining ma'lum qilishicha, "Real" prezidenti Florentino Peres Ronalduning agenti Jore Mendesh bilan muloqot qilgan va unga futbolchi uchun boshqa klub qidirishi mumkinligini aytgan.
Peres aniq summani aytmagan, shartnomada portugaliyalik uchun to'lanadigan tovon puli 1 milliard evro qilib belgilangan. Ammo "Real" bu summaga umid qilmayapti.
Avvalroq, "Real" Ronalduni Neymar bo'yicha kelishuvga qo'shishi mumkinligi xabar qilingan edi. Peres braziliyalik futbolchini o'z klubida ko'rishni uda xohlamoqda.