Madridning «Real» klubi «Inter» hujumchisi Mauro Ikardini sotib olish fikridan qaytmayapti. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar tarqatdi.
Manba bergan xabarga ko'ra, «qaymoqranglilar» yozgi transferlar vaqtida «Inter» sardorini qo'lga kiritishga harakat qilib ko'rmoqchi. Buning uchun ular argentinalik forvardning shartnomasida ko'rsatilgan 110 mln. evro tovon pulini to'lashga tayyor bo'lib turibdi.
Agar bu xarid amalga oshsa, Ikardi Madrid klubi tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylanadi. So'nggi marta «Real» 100,6 million evro evaziga Garet Beylni o'z safiga qo'shib olganda bunday rekordni qayd etgandi.
Mauro Ikardi joriy mavsum Italiya A Seriyasining 20ta uchrashuvida maydonga tushib, 18ta gol va 1ta golli uzatma muallifiga aylangan.