"Real"ning sobiq hujumchisi hozirda "Lion"da to'p surayotgan Mariano madridliklarning EChL 1/8 finalida "PSJ"ga qarshi o'yinlari haqida fikr bildirdi.
"Chempionlar ligasi uchun bu uda qiziqarli qarama-qarshilik. BU kurashda "Real" favoritdir. Mavsum uzoq va oldinda o'yinlar ko'p. Yozdagi yo'qotishlarga qaramay, "Real" yana juda kuchli jamoa. O'ylaymanki, ular hozir yuzaga kelgan vaziyatdan chiqib keta oladilar", - deydi Mariano.
"Real" va "PSJ" o'rtasidagi birinchi o'yin 14 fevral kuni bo'lib o'tadi, javob o'yini - 6 mart.