«Roma» darvozaboni Alison ikki grand klub «Real» va «PSJ» qiziqishlariga sabab bo'lmoqda, deya xabar qilmoqda jurnalist Janluka Di Martsio.
Madridliklar klubi 25 yoshli braziliyalikka «Atletik» posboni Kepa Arrisabalaga transferidan voz kechganidan so'ng qiziqib qolgan.
Avvalroq, Alison «Liverpul»ga o'tishi mumkinligi aytilgandi, biroq keyinchalik mersisaydliklar qishki transfer mavsumida darvozabon sotib olish niyatida emasliklari ma'lum bo'ldi.
Ushbu mavsum Alison A Seriyada 19 o'yin o'tkazdi va o'z darvozasidan 14ta to'p olib chiqqan.