Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoani tark etishi mumkin.
As nashrining xabariga ko'ra, portugaliyalik futbolchi“Manchester Yunayted”ga qaytishni istayapti.
Chunki Ronaldu klub prezidenti Florentino Peresning yangi shartnoma tuzish haqida bergan va'dasini vaqtida bajarmagani uchun o'zini aldangandek his qilmoqda.
Ta'kidlab o'tish joizki, Peres EChL finalidagi g'alabadan keyin Krishtianuga yangi shartnoma imzolashini aytib o'tgandi. Ammo Ronalduning ketaman kabi dod-voylariga qaramasdan yangi shartnomadan hozircha darak yo'q.
Eslatib o'tamiz, avvalroq “Real” Neymar uchun Ronalduni PSJga berib yuborishga tayyor ekanligi haqida xabar bergandik.