Madridning “Real” klubi himoyachisi Daniel Karvaxal “Vilyarreal”ga qarshi o'yin (0:1) dan so'ng uchrashuv haqida fikrlarini bildirib o'tdi.
“Natija biz kutgandek bo'lmadi. Ikkinchi bo'limda toliqib qolganimiz uchun jazolandik. Lekin, bizda ko'proq xavfli vaziyatlar yuzaga keldi. Biz hozir yomon axvoldamiz, kim bizni jamoamizga ishonmasa, marhamat qilib ketishi mumkin. Xavfli vaziyatlardan foydalana olmaganimizni tushuntirish qiyin. Bunday o'yinidan so'ng echinish xonasiga yomon kayfiyatda kirishga to'g'ri keladi, ammo bu futbol. Umid qilamanki mavsum so'ngida biror bir sovrinni qo'lga kiritamiz”, - dedi Karvaxal.