«Real» klubi himoyachisi Nacho «Vilyarreal»ga qarshi (0:1) o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Nima bo'lganini bilmayman. Bizning ishtiyoq yuqori darajada edi, kurashdik. Ammo «Vilyarreal» burchak to'pidan so'ng qarshi hujumdan unumli foydalandi.
Hozir hech kim biz kabi g'azabda emas. Bu erda gap ishga bo'lgan yondashuvda emas. Jamoa bor imkoniyatini ishga soldi, yugurdi. Ammo raqib bizni tutdi.
Bu yilni yaxshi boshlay olmadik, ammo bu «Real». Ortga chekinmaymiz. Biz har doim kurashda davom etishimizni aytamiz, ammo har ochko yo'qotganimizda sovrin yutish imkoniyati tobora uzoqlashib boraveradi. Nima bo'lishida qat'iy nazar biz kurashda davom etamiz», – deydi Nacho.