"Yuventus" "ustuni" Jorjo Kiellini Marca nashriga intervyu berib o'tdi.
"Men final oldidan muvozanat saqlashga harakat qilayapman. Hozirgi kunda "Real Madrid" futbolchilari bunday uchrashuvlarda ishtirok etishda tajribasi katta, ammo "Yuventus" ikki yil oldin "Barselona"ga qarshi finalda tushgan jamoadan ko'ra yaxshiroq. Bizda hozir ulkan motivatsiya yuzaga kelgan, futbolchilar mashg'ulotlar zo'r bermoqda. Uchrashuvdan oldin nima deyishni bilmayman. Ochig'ini aytsam Ispaniyadagi sevimli jamoam - "Real Madrid. Yoqtirgan futbolchim kim? Men har doim Arturo Vidalning o'yiniga maftub bo'lganman. U muammosiz himoyalanadi va hujumda ham faol ishtirok etadi. U "Yuve"da harakat qilayotganda unga taqlid qilishga harakat qildim. Unda Pavel Nedvedda bor xususiyatlar bor, bu juda yaxshi." - deydi Kiellini.